O’zbekistondagi Top 5 Nufuzli Universitetlar
Hozirga kelib Yurtimizda 200 dan ortiq universitetlar mavjud va so’ngi 5 yillikda esa 70 ta yangi universitet qo’shilgan. Bu natija ko’rsatadiki, yurtimizda so’ngi yillarda ta’limga bo’lgan talab anchayin katta o’sishni ko’rgan. Afsuski, hamma universitetlar ham jahon talabiga javob bermaydi. Siz yaxshiroq ta’lim olishingiz uchun biz sizga to’p 10 ta nufuzli universitetlar ro’yxatini tuzib chiqdik.
Table of Contents
Top 5 nufuzli universitetlar
1. Xalqaro Vestministr Universiteti
Bu universitet Buyuk Britaniya davlati bilan hamkorlikda ochilgan davlat hisoblanadi va 2002-yilda London Vestminster Universiteti, Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda «Isteʼdod» jamgʻarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Bu nufuzli universitetda Tijoriy Huquq (Commersial Law), Biznes Axborot Texnologiyalari (Bussiness Information Technologies), Moliya (finance) va yana bir necha bakalavr kurslari mavjud
2. Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti, 2002-2017 yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.

Universitetda va filiallarida 26,350 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 26 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va 32 mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
3. Toshkent Moliya insituti
1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan. 1931-yilda Toshkent shahrida Oʻrta Osiyo moliya-iqtisod instituti tashkil etilgan, unga keyinroq, Toshkent moliya-iqtisod instituti, 1962-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti nomi berilgan. 1991-yil 13-mayda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti (Toshkent iqtisodiyot universiteti)ning moliya-iqtisod va hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etilgan.
- Iqtisodiyot fakulteti
- Soliqlar va sugʻurta fakulteti
- Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti
- Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti
- Bank ishi fakulteti
- Moliya fakulteti
- Sirtqi taʼlim fakulteti
4. Toshkent tibbiyot akademiyasi
Toshkent tibbiyot akademiyasi — Respublikada yuqori malakali tibbiyot kadrlari tayyorlaydigan yetakchi oliy oʻquv yurti hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 178-qarori bilan Toshkent shahrida 1- va 2-Toshkent davlat tibbiyot institutlari negizida (Toshkent birinchi tibbiyot instituti, Toshkent ikkinchi tibbiyot instituti) tashkil etilgan.
5. Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti
2007-yil yanvar oyida Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov Singapur Respublikasining birinchi Prezidenti janob S.R. Natanning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Singapurga keldi. Tashrif chogʻida Oʻzbekiston-Singapur hamkorligini kengaytirish masalalari, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar muhokama qilindi.
Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-sentabrdagi qabul qilingan PQ-691-sonli qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

TSMRIning asosiy maqsadi xalqaro oliy taʼlim standartlari va Oʻzbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturining vazifalariga muvofiq yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.
