CRM tizimi sizga qanday qulayliklar bera oladi: Sotuvni oshirish, Boshqaruv, moliya va albatta marketing. Bu qulayliklar orqali siz o’z biznesingizni avtomatlashtirasiz va bu orqali bebaho vaqtingizni ko’p qismini tejaysiz, ya’ni biznesingiz sizning ishtirokingizsiz ham rivojlanishda davom etadi. Keling, bularni batafsil ko’rib chiqamiz.
CRM (Costumer Retationship Management) so’zidan olingan bo’lib Mijozlar bilan munosabatlarni Boshqaruvi degan ma’noni anglatadi. Ya’ni potensial mijozlarni jalb qilish, sotuvgacha olib borish, mijozlarni ushlab qolish va albatta qayta sotuvga undash kiradi. Bu qanday amalga oshiriladi: Mijozlar bilan qadama qadam ishlanadi, bozor va mijozlar talablari analitika qilinadi va Mijozlar bazasi bitta paltformaga yeg’ladi.
Baza to’plash davomida qaysi oqimdan potensial mijozlarimiz kirib kelayotgani aniqlanadi. Misol uchun: Instagram, Telegram guruh va kanallar, google sayt orqali va referal marketing orqali va natijada marketingga mablag’ to’g’ri yo’naltiriladi va bu mablag’ni oqilona sarflanishiga olib keladi.
Mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish (CRM) tizimlari turli sohalardagi korxonalar uchun ko’plab afzalliklarni taklif etadi. Birinchidan, ular mijozlar ma’lumotlarini markazlashtiradi, o’zaro aloqalar va tranzaktsiyalarning har tomonlama ko’rinishini ta’minlaydi, biznesga o’z yondashuvlarini moslashtirish va mijozlar ehtiyojini qondirish imkonini beradi.
CRM tizimlari jarayonlarni soddalashtiradi, etakchi boshqaruv, elektron pochta marketingi va mijozlarga xizmat ko’rsatish kabi vazifalarni avtomatlashtiradi va shu bilan vaqt va resurslarni tejaydi va samaradorlikni oshiradi. Bundan tashqari, CRM mijozlar bilan shaxsiy muloqotni osonlashtiradi, mustahkam aloqalarni kuchaytiradi va mijozlarning sodiqligini oshiradi
CRM Tizimini yana bir foydali tarafi bu Xodimlar boshqaruvini oqilona yurutishdir. Sistema orqali qaysi xodim ish samaradorligi yuqori va pastligini aniqlaysiz va qilayotgan ishiga qarab oylik maosh chiqarib berishingiz mumkin va bu xodimlar orasida do’stona raqobatni uyg’otadi. Qo’shimcha tariqasida, tizim orqali ishchilar faoliyatiga qarab turli xil rag’batlar va mukofotlar joriy etishingiz mumkin.