CRM Nima? U bizneslarga qanday yordam berishi mumkin?
CRM Nima ?
CRM qisqartmasi(ingliz tilidan «customer relationship management») «mijozlar bilan aloqalarni boshqarish» degan ma’noni bildiradi. U korxonalar uchun mijozlar va potentsial mijozlar bilan o’zaro munosabatlarini boshqarishda foydalanadigan strategiyadir. CRM-ning maqsadi mijozlar bilan munosabatlarni yaxshilash va maxsus, samarali xizmat ko’rsatish va mijozlar ehtiyojlarini oldindan bilish orqali mijozlarni o’zida ushlab qolish ko’rsatkichini oshirishdir.
CRM tizimini joriy qilish orqali korxonalar mijozlar ma’lumotlari va o’zaro aloqalarini markazlashtirishi, odatiy vazifalarni avtomatlashtirishi va mijozlar bilan munosabatlarning rivojlanishini kuzatishi mumkin. Keyinchalik bu ma’lumotlardan maqsadli marketing harakatlarini tashkillashtirish, mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash, upsell(qimmatrog’ini sotish) va cross-sell(qo’shimcha sotish) imkoniyatlarini aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Table of Contents
CRM tizimi qanday ishlashi haqida

Lid boshqaruvini yaxshilash: CRM tizimi lidlarning markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini taqdim etish, lidlar bilan ishlashni avtomatlashtirish va sotuv voronkalari orqali lidlarning harakatini kuzatish orqali korxonalarga lidni samaraliroq boshqarishda yordam beradi.
Mijozlarni ushlab qolish darajasini oshirish: mijozlar va kompaniyaning o’zaro munosabatlari va xohishlarini kuzatish orqali korxonalar maxsus xizmatni taqdim etishi va mijozlar ehtiyojlarini oldindan bilishi mumkin. Bu mijozlarning sodiqligini va qayta sotuvni oshirishi mumkin.
Bir oynada suhbatlashish: ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va boshqa platformadan murojaat qilgan mijozlar bilan CRM tizimini tark etmagan holda bir joyning o’zida suhbatlashish mumkin. Bu orqali, CRM foydalanuvchilarga, mijozlarga vaqtida xizmat ko’rsatish, mijozni sotuv voronkasi bo’ylab harakatlantirib sotish va qayta sotish imkoniyatini yaratadi.

CRM Nima
CRM Nima degan savolga javob topdik Endi uni qanday ishlashi haqida malumotlarga o’tsak.
Integratsiya:
CRM tizimi boshqa dasturlarni o’ziga birlashtirish imkoniyatiga ega. Misol uchun, IP telefoniya tizimi, 1C, internet magazin va hokazo… Integratsiya ikkita alohida dasturning bir biriga bog’lanishi va ma’lumotlarining sinxronlashishi degani.
Sotuvni bashorat qilish
CRM tizimi real vaqt rejimida sotuv kuzatuvini ta’minlaydi, bu esa korxonalarga sotishni to’g’ri prognoz qilish va shunga muvofiq o’z strategiyalarini o’zgartirish imkonini beradi.
Cross-Sell va Upsellni oshirish
mijozlarning xatti-harakati va ehtiyojinini kuzatish orqali, korxonalar cross-sell va upsell imkoniyatlarini aniqlashlari va ushbu mahsulot yoki xizmatlarni ilgari surish uchun maqsadli reklamalarni yaratishlari mumkin.
Satuv jarayonlarini osonlashtirish
CRM tizimi lid bilan ishlash va ma’lumotlarni kiritish kabi odatiy vazifalarni o’zi bajarishi mumkin. Va bu sotuvchilarga strategik harakatlarga e’tibor qaratishga imkon tug’diradi(masalan: munosabatlar qurish va shartnomalarni rasmiylashtirish)
Umuman olganda, CRM tizimini joriy qilish orqali korxonalar mijozlarga maxsus xizmat ko’rsatish, ularning ehtiyojini oldindan bilish va sotuv jarayonini yaxshilash orqali mijozlar bilan munosabatlarini maqsadli boshqarishi va sotuvni oshirishi mumkin
Do’stlar bugun sizlar bilan CRM Nima degan savolga javob topdik, Eng sifatli biznes malumotlar faqat biz bilan
