Suniy intellekt
|

Dasturlash tili haqida!

Dasturlash tilini o’rganmang! Bu gapni men emas 2.7 trillion kapitali bor jahon bo’yicha appledan keyin 3-o’rinda turuvchi NVIDIA kompaniyasi egasi Jensen Haung aytib chiqdi.

Dasturlash tili

Uning aytishicha – Yaqin yillarda sun’iy intellektlar dasturlash ishlarini bajarishni boshlaydi, va juda ko’p vaqtdan beri informatika fanining asosiy jihati deb sanalgan dasturlashni, ortiqcha yo’nalish bo’lib qoladi. Uning qarashi bo’yicha insonlar an’anaviy dasturlash tilini bilmasdan ham qiyin programmalarni sun’iy intellekt yordamida tayyorlash mumkin. Bu kelajakda sun’iy itnellektlar pragrammistlarning o’rnini egallash mumkin degan fikrni ilgari suradi.

Nvidia kompaniyasi kapitali ko’rsatkichi

Shaxsan men, Jensen Haungning bu so’zlaridan hayratlanmadim. Chunki, hozirgi kunda ham, dasturlash tilini ishlatmasdan katta yoki kichik programmalar tuzish mumkin. Misol uchun hozirgi kunda bizneslarga kerak bo’lgan ERP, CRM, LMS tizimlar va websaytlar hech qanday dasturlash tillarisiz tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari 2023-yil mavzusiga aylangan sun’iy intellektlar programmistlarning yordamchisiga aylangan – programmistlar sun’iy inetellektdan ularga nima kerakligini so’ramoqda va bu beminnat yordamchi bir necha soniya ichida so’ralgan skriptlarni(dasturlashda ishlatiladigan kodlar) tayyorlab beradi. Programmistning ishi esa, sun’iy intellektga u xohlagan skriptni, to’g’ri tasvirlab berish va tayyor skriptlarni bir biriga bog’lash.

Dasturlash tilisiz ilovalar tayyorlash

Siz quydagi platformalar orqali kod yozishni bilmasangiz ham ilovalar tayyorlay olasiz

1. WordPress

wordpress hech qanday kod yozish usullarisiz ham professional web- sayt yoki internet magazin tayyorlash uchun xizmat qiluvchi platforma. Dastur o’z ichiga Milliondan ortiq pluginalar va tayyor sayt shablonlarini o’z ichiga oladi. Va bular hattoki, mobil ilova va platformalar tayyoralshingizga yordam beradi.

2. Bitrix24

Bitrix24 hozirda o’zbekistondagi tadbirkorlar tomonidan juda ko’p muhokamalarga sabab bo’lgan CRM tizimi. Bizneslar uchun sotuvni oshirish, jamoaviy ishlash, kundalik ishlarni avtomatlashtirish va boshqa platformalar bilan integratsiya (Bog’lash) imkoniyatini beradi. Eng asosiysi, bu yechimlarni hech qanday kod yozmasdan tayyorlash mumkin. Bitrix24 platformasini biz bilan o’rganishingiz mumkin.

3. Bubble.io

Bu platforma SAAS (Bizneslarga Xizmat Ko’rsatuvchi Dasturlar) tayyorlash yoki katta-kichik ilovalar yaratishga xizmat qiladi. Bu haqida ma’lumotlarni blogimizga joylab boramiz.

Xulosa:

Yuqoridagilarga xulosa qilib aytganda – dasturlash tilining kelajagi bor, dasturlash sun’iy intellektlar yordamida osonlashadi, lekin lekin programmistlarga bo’lgan talab hozirgi vaqtdagidek bo’lmaydi. Bizneslarni boshqarish uchun tayyorlanayotgan programmalar standardlashadi ya’ni oldindan biznes turiga qarab unga tayyor yechimlar joriy qilinadi, va bu yo’nalishda programmist xizmati kerak bo’lmay qolishi mumkin.

Blogimizda siz uchun, onlayn gazeta sifatida, yangiliklar va IT yo’nalishiga aloqador ma’lumotlar ulashib boramiz.

Onlayn Gazetaga Obuna Bo’ling

Xo’sh, siz qanday fikrdasiz? Fikringizni kommentariyada yozib qoldiring!

Similar Posts

One Comment

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan